×
Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumida Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-957-son Qonuniningmazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

        Joriy yil 17-fevral kuni Buxoro energetika, neft va gaz sanoati  texnikumi pedagog va ishlab chiqarish ta’limi ustalari orasida Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-957-son Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Pedagog xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ushbu targ‘ibot tadbirida   Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-957-son Qonunining  mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mazkur Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Sport vazirligining, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining nomlanishi va vakolatlari, shuningdek Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining nomlanishi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilganligi to‘g‘risida pedagog xodimlarga tushuntirishlar berildi.

      Ushbu Qonun oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlarining sifatini oshirishga xizmat qilishi haqida o‘qituvchilarga ma’lumot  berib o‘tildi.

Tadbirsavol-javoblarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2026 Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54