Korrupsiyaga qarshi kurash – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil


Oʻzbekiston dunyoga islohotlar mamlakati sifatida tanilib ulgurdi. Har jabhada oʻzgarishlar, yangilanishlar kechmoqda. Boshqaruv tizimi shaffof, ochiq siyosat yuritish tamoyillari asosida yoʻlga qoʻyildi. Bu korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Har yilning oktyabr-dekabr oylari davomida an’anaviy tarzda Respublika ta’lim muassasalarida o‘tkazib kelinayotgan yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi Buxoro neft va gaz sanoati kollejida ham o‘tkazildi.
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida joriy yilning 6-dekabr kuni o‘tkazilgan «Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi» insholar tanlovida 67 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Ijodiy ishlar qo‘lyozma shaklida, o‘zbek yoki rus tilida yozilishi, tanlangan mavzu hayotiy, sodda misollar bilan aniq va mantiqli yoritilishi kerakligi, ko‘chirmachilik holatlari aniqlangan insholarning muallifi tanlovdan chetlatilishi to‘g‘risida o‘quvchilarga tushuntirishlar berildi.
Insholar hakamlar hay’ati tomonidan tekshirilib, 100 balli mezonda baholandi.
Insholar tanlovida g‘olib deb topilgan quyidagi o‘quvchilar:
- 1 – o‘rin – 57-23-ANAS guruh o‘quvchisi Rajabboeva Madina
- 2 – o‘rin - 54-24-ANAS guruh o‘quvchisi Maxmudov Mels
- 3 - o‘rin - 51-24-NGQI guruh o‘quvchisi Beketov Ruslan
Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.