×
Xalqaro aloqalarning yangi bosqichi

“Uzbekneftgaz” AJ hamda PAO “Gazpromneft” o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan......... 2024 yil 24 maydagi “Buxoro neft va gaz sanoati kolleji” hamda “Gazprom neft” tasarrufidagi “FrakDjet-Volga” MChJ  bilan “O‘quv xizmatlarini ko‘rsatish uchun” tuzilgan №-270524 sonli shartnomasining 1.1 va 1.3 bandlarini ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 6 avgust soat 10.00 da Buxoro neft va gaz sanoati kolleji faollar zalida onlayn seminar tashkil etildi.

Onlayn seminarda “Uzbekneftgaz” AJning HR departamenti kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi mutaxassisi N.Abdullaeva, “Gazpromneft – Nefteservis” MChJning kompetensiyalar markazi rahbari A.Kuznetsov, “FrakDjet-Volga”MChJning HR bo‘limi boshlig‘i Ye.Yegorovalar qatnashdi. Seminarning offlayn shaklida tashqi migratsiya boshqarmasi boshlig‘i T.G‘iyosov, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi sho‘ba mudiri Sh.Bobomurodov, Buxoro neft va gaz sanoati kolleji direktori S.Usmonov hamda 82 nafar istak bildiruvchi fuqarolar ishtirok etishdi.

Seminar jarayonida “Uzbekneftgaz” AJ hamda PAO “Gazpromneft” o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan 892 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qayta tayorlash va PAO “Gazpromneft” tasarrufidagi korxona va tashkilotlariga ishga yuborish belgilanganligi, fuqarolarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, pilot loyiha asosida 40 nafar fuqarolarni “Quduqlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha burg‘ulovchi yordamchisi (4-6 razryad)” va “Yuk ildiruvchi” kasblari bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda keyinchalik PAO “Gazprom neft” pudrat tashkilotlarida (“FrakDjet-Volga”) ish bilan ta’minlash belgilanganligi  to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida barcha istak bildiruvchilar anketalari to‘ldirilib, “FrakDjet-Volga” MChJning        HR bo‘limi boshlig‘i Ye.Yegorovaga elektron shakli yuborildi. Tanlov yakunlangandan so‘ng, 40 nafar fuqaro tanlab olinishi hamda 12.08.2024 yil dars mashg‘ulotlari boshlanishiga kelishib olindi.

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2026 Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54