YuNESKO tashkilotining "O`zbekistonning qishloq hudularida ish bilan ta`minlash ko`nikmalarini rivojlantirish" loyihasi doirasida Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumida mazkur tashabbusga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda loyihaning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan qizg‘in muhokamalar olib borildi. Tadbirda YuNESKO ning TVET bo‘yicha yetakchi konsultanti Tomas Lux, mamlakatimizning yetuk mutaxassislaridan biri Kamol Jiyankhojayev, shuningdek, Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi, Buxoro turizm texnikumi, Vobkent 2-son politexnikumi va G‘ijduvon agrotexnologiyalar texnikumlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Ushbu uchrashuv davomida loyiha ahamiyati, uning qishloq joylaridagi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi, bandlikni oshirish va zamonaviy kasb-hunar ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni xususida batafsil fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilash borasida kelishuvlarga erishdilar.