Qozogʻiston Respublikasi Turkiston, Aktau, Chimkent, Astana viloyatlarining 34 nafar taʼlim sohasi xodimlari Buxoro neft va gaz sanoati kollejiga tashrif buyurdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi 11/18-4/1-11148-son xatida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yil 18-dekabr kuni Qozogʻiston Respublikasi Turkiston, Aktau, Chimkent, Astana viloyatlarining 34 nafar taʼlim sohasi xodimlari Buxoro neft va gaz sanoati kollejiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari kollejning moddiy texnik bazasi, o‘quv amaliyot xonalari va dala mashg‘ulotlarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi, kollejning muzokaralar xonasida kollej ko‘rsatkichlari haqida taqdimot o‘tkazilib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Kollejda tayyorlanadigan yo‘nalishlar borasida, Qozogʻiston Respublikasi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berildi.