×
Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumida “Faqatgina birga korrupsiyani to‘xtata olamiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 3-fevral kuni Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumida korrupsiyaga qarshi kurashish va kiberjinoyatchilik mavzusiga bag`ishlangan davra suhbati  o‘tkazildi.

Mazkur tadbir yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish, ularni jinoyatchilik va korrupsiya xavf-xatarlaridan ogohlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Buxoro viloya IIB yetakchi mutaxassisi mayor Jasur Ismatullayevich Hojiqurbonov,  yetakchi mutaxassis kapitan Oybek Odilovich Uvayzov, A.Donish MFY profilaktika inspektori katta serjant Alibek Muhammadiyev ishtirok etdilar. Ular  tadbir ishtirokchilariga korrupsiya tushunchasi, uning jamiyatga salbiy ta`siri, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi bilan bog`liq kiberjinoyatchilik tahdidlari haqida atroflicha ma`lumot berdilar.

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2026 Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54