×
Buxoro neft va gaz sanoati kollejida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida “Mustaqillik darslari" o‘tkazildi

 

O‘zbekistonning milliy bayrami – Mustaqillik kunini xalqimiz doim eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida nishonlaydi. Buxoro neft va gaz sanoati kollejida yangi o‘quv yilida birinchi ertalabki bayramona o‘quvchilar saflanishi hamda ilk dars soatlari ham an’anaga ko‘ra ushbu sanaga bag‘ishlandi.

 

 

 

Mustaqillik darslarida kollej direktori S.Usmonov, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xafizov, mehnat faxriysi M.Hakimovlar ishtirok etishdi.

Dars jarayonlarida, Mustaqillik – buyuk ne’mat ekanligi, uning zamirida erkin va farovon hayot mujassamligi, shu boisdan azal-azaldan har bir xalq o‘z erki va ozodligi uchun matonat bilan kurashib kelganligi ta’kidlandi.

 

 

“Mustaqillik darslari”da o‘quvchilarga xalqning 33 yil davomida erishgan yutuqlari, prezidentimiz va hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati borasida keng ma’lumotlar berildi.

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2026 Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54