×
Prezident farmon va qarorlari

Me’yoriy huquqiy hujjatlar > Prezident farmon va qarorlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmonining ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJning 2019 yil 16 sentyabrda №84-sonli buyrug‘i, Buxoro viloyati hokimining 2019 yil 9 sentyabrdagi №465-sonli qarori, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish Buxoro viloyat hududiy boshqarmasining 2019 yil 12 sentyabrdagi A-443-sonli buyrug‘i asosida kollejning 2019 yil 21 sentyabrdagi A-329 sonli ichki buyrug‘i ishlab chiqildi va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelgusida Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji “Kollej”sifatida faoliyat olib boradi. Professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar klassifikatori loyihasiga “O‘zbekneftgaz” AJ bilan kelishilgan holda takliflar ishlab chiqildi va tegishli tartibda taqdim etildi.

Namunali kollej

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5812-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020 yil 17 fevraldagi 08-554 sonli xatining ilovasiga asosan hududlarda namunali professional ta’lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha namunali kollejlar ro‘yxatiga Buxoro neft va gaz sanoati kolleji kiritilgan. Hozirgi kunda kollejda mavjud moddiy texnik baza inventarizatsiyadan o‘tkazilib, yangi o‘quv yilida kollejni namunali holatga keltirish maqsadida “O‘zbekneftgaz”AJ tomonidan ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi asosida faoliyat olib borilmoqda.

 

 

Dasturlar nomlari Hujjatning raqami va qabul qilingan sanasi Hujjat turi
1 Qonunning maqsadi taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maʼqullangan O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risidagi" Qonuni
2 Maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o`tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida

572-son

27.09.2017 y

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
3 Professional ta`lim tizimi ta`lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish to`g`risida

288-son

30.06.2021 y

O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirining Buyrug`i
4 Neft va gaz sohasida ta`lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida

309-son

07.07.2022 y

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

 

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2026 Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54