×
Kollej tarixi

Tuzilma > Asosiy ma’lumotlar > Kollej tarixi

Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji Buxoro viloyat hokimining 2000 yil 4-avgustdagi A-158 sonli, hamda “O‘zbekneftgaz” Milliy Xolding Kompaniyasining 2000 yil 20-iyundagi 54-sonli qaroriga asosan Buxoro gaz sanoati texnikumi bazasida tashkil qilindi, to‘ldirish koeffitsiyenti 1,3ni tashkil qiladi, hududi 10,5 gektardan iborat. Kollej ustavi 2014 yil 5 martda Buxoro shahar hokimiyati tomonidan 355-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji 2013 yilda to‘liq rekonstruksiya qilindi. Kollej 4 qavatli o‘quv-laboratoriya, 4 qavatli o‘quv, 1 qavatli o‘quv-amaliyot binosi, 47678 nusxa kitob fondidan iborat Axborot resurs markazi, o‘quv poligoni, 590 o‘rinli “O‘quvchilar turar joyi”, 500 o‘rinli oshxona, 2 ta yopiq sport zallari, yopiq suzish havzasi, sport maydondachalari majmuasi, tennis kordiga ega. Barcha bino va inshootlar zamon talablari darajasida yangidan jihozlangan.

Ta’lim muassasasida 58 ta o‘quv xonalari, 6 ta laboratoriya xonalari, 7 ta o‘quv amaliyoti laboratoriya va amaliy-mashg‘ulotlar xonasi, 5 ta ustaxona, 1 ta poligon mavjud bo‘lib, ular bugungi zamon talablari darajasida professional ta’lim standartlari talablariga muvofiq jihozlangan. O‘quv laboratoriya xonalari axborot-kommunikatsion texnologiyalar, laboratoriya uskuna va jihozlari bilan to‘liq ta’minlangan.

Kollej “O‘zbekneftgaz” AJ, Janubiy Koreya krediti va byudjet mablag‘lari evaziga jihozlangan. Janubiy Koreya jihozlari hisobidan fizika (1 komplekt), kimyo (1 komplekt), informatika (3 komplekt), astronomiya (1 komplekt), lingafon (2 komplekt), elektrotexnika (1 komplekt) o‘quv xonalari hamda payvandlash ishlari bo‘yicha ustaxona jihozlari bilan ta’minlangan.

Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasi tomonidan 1 ta kompyuter sinfi xomiylik sifatida foydalanishga topshirilgan. O‘quv jarayonida ushbu jixozlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, ulardan foydalanish yuklamalari tuzildi, dars jadvalini tuzishda va o‘quv amaliyotlari ketma-ketligini aniqlashda bu holat hisobga olindi. Jixozlardan foydalanish holati kollej ma’muriyati tomonidan o‘rganib, tahlil qilib borildi, natijada o‘quvchilar bilim saviyasini oshirishga muvaffaq bo‘linmoqda.

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2026 Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54