Buxoro neft va gaz sanoati kollejida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158 sonli “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
2024-yil 21-noyabr kuni Buxoro neft va gaz sanoati kollejida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158 sonli “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-seminari o‘tkazildi. Seminarda kollejning barcha o‘qituvchilari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etdi.

Seminarda kollejning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.R.Xafizov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158 sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2025-2027 yillarda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 1-bandida vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufi tizimidagi kollej va texnikumlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidaga o‘tkazish, 17-bandida negizida maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari faoliyatini tugatish vazifalari belgilanganligi, mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Farmonda qayd etilgan kollej va texnikumlarni tovar-moddiy qiymatliklari, bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida topshirish uchun topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish talab etilganligi to‘g’risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158 sonli farmoni mazmun-mohiyati taqdimot materiallari asosida yoritib berildi.