×
Aholini ro`yxatga olish nima uchun muhim?

Yangiliklar > Boshqalar

Ro`yxatga olishning an`anaviy ta`rifi uning asosiy tamoyillari, ro`yxatga olishning shaxsiyligi, bir vaqtdaliligi, ko`p tomonlamaligi va belgilangan davriyligiga asoslanadi. Biroq so`nggi 20 yil ichida EIK mintaqasida ro`yxatga olish konsepsiyasiga yanada kengroq yondashishni nazarda tutadigan yangi usullar ishlab chiqildi. Ba`zi mamlakatlarda barcha shaxslar o`rtasida so`rov o`tkazishga asoslangan an`anaviy usul ma`muriy registr ma`lumotlaridan foydalanish usuliga o`z o`rnini bo`shatib bermoqda. Shuningdek, shaxslar va ularning xususiyatlarini ommaviy ro`yxatga olishdan tashqari, aholi va eng kichik hududiy birliklar bo`yicha muhim ma`lumotlarni tez-tez olib turish mumkin. Shu sababli hozirgi vaqtda EIK mintaqasi mamlakatlari uchun aholi va uy-joy fondini ro`yxatga olish umumiy ta`rifi ishlatilgan metodologiyaga qaraganda, olingan materiallarga ko`proq tayaniladi.

Aholini ro`yxatga olish muntazam vaqt oralig`ida mamlakat hududida va uning eng kichik geografik birliklarida yashovchi aholining rasmiy hisobini, shuningdek, butun aholining bir qator ijtimoiy va demografik xususiyatlarini aniqlash bo`yicha ma`lumot olishni amalga oshirishga imkon beruvchi tadbirdir. Mazkur tadbir ma`lumotlarni to`plash, shaxslar haqidagi ma`lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish, shuningdek, demografik, ijtimoiy ma`lumotlarni tahlil qilish va baholash, tarqatish, aniqligiga baho berish jarayonlarini o`z ichiga oladi.

Mazkur jarayon, eng birinchi navbatda, ijtimoiy muammolarni tizimli hal qilish bo`yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqishga imkon berishi bilan ahamiyatlidir. 

 

Materialdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda, vebsayt manbasi ko‘rsatilishi shart.

© 2026 Buxoro energetika, neft va gaz sanoati texnikumi

Aloqa

  • Buxoro shahar, Namozgoh ko‘chasi, 103

  • Telefon: +(998-65) 221-27-54

  • Faks: +(998-65) 221-27-54